00:29 / 08.11.2017
12050

Uelslik vazir nomusga tegishda ayblangandan keyin o‘z joniga qasd qildi

Foto: kp.ru

Uels vaziri Karl Sarjyent (Carl Sargeant) o‘z uyida o‘lik holda topilgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, siyosatchi o‘z joniga qasd qilgan, politsiyada bu taxminga hali izoh berilmadi. 

Noyabr boshlarida Sarjyent o‘z lavozimidan bo‘shatilgan va unga qarshi leyboristlarning ichki surishtiruvi boshlangan. Bir necha ayollar vazirga o‘zini nojo‘ya tutish ayblovlari bilan qarshi chiqishgan, ularning nomlari aytilmayapti.

Siyosatchiga qarshi qo‘yilgan ayblovlarning tafsilotlari noma'lumligicha qolmoqda. Sarjyentning o‘zi ham unga qo‘yilgan ayblovlardan hayron qolgan. “Men nomim oqlangandan so‘ng hukumatga qaytishni intizorlik bilan kutmoqdaman”, deb aytgandi Sarjyent.

Partiya vakillari Sarjyentning o‘limi haqidagi yangilikni “shok va dahshat” deb ataganlar, qarindoshlari esa bu yo‘qotishdan dillari vayron bo‘lganini aytganlar.

Top