18:30 / 09.11.2017
10202

BMT bosh kotibi korrupsiya kimlarga eng ko‘p ta'sir ko‘rsatishini aytdi

Foto: AFP

Korrupsiya – bu jahon sportiga ilakishib qolgan «saraton o‘smasi». Shu va boshqa ko‘plab muammolar BMTning korrupsiyaga qarshi Konventsiyasi ishtirokchi davlatlarining yettinchi konferensiyasida muhokama qilinmoqda. U Venada bo‘lib o‘tayapti.

BMT yangiliklar Markazining xabar qilishicha, joriy yildagi mavzular orasida – yovvoyi tabiatga qarshi jinoyatlar, iqtisodiy jinoyatlar, davlat boshqaruvi organlarida korrupsiyaning oldini olish, o‘marilgan pullarni qaytarish, ekstremizm bilan kurash masalalari ham bor.

Hafta oxiriga qadar davom etadigan forumda 1,6 mingdan ortiq delegatlar qatnashmoqda. Bu jahondagi shu kabi eng yirik tadbirdir. Uning ishtirokchilari korrupsiya bilan kurash sohasidagi tajriba bilan almashmoqda va 2003 yilda qabul qilingan Konventsiyani amalga oshirish masalalarini muhokama etishyapti. Bugungi kunda Konventsiyani 183 mamlakat ratifikatsiya qilgan.

Korrupsiya eng kambag‘al, himoyasiz va zaif kishilarga ko‘proq ta'sir ko‘rsatadi, deya ma'lum qildi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish forum ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida. U jahon yetakchilarini hukumatga ishonchni tiklash uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga chaqirdi.

Top