22:00 / 09.11.2017
52217

Fotojamlanma. «Paxtakor»ning Puyol guvohligidagi o‘yinidan eng yorqin lahzalar

Foto: KUN.UZ

«KUN.UZ» Oliy Liganing 28-turi doirasida «Paxtakor» va «Olmaliq» jamoalari o‘rtasidagi derbi uchrashuvidan fotoreportaj uyushtirdi. 

Bugun O‘zbekistonga kelgan «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi afsonasi Karles Puyol bu uchrashuvni stadionda turib kuzatdi.

Dastlab u muxlislarga dastxati tushirilgan to‘plarni taqdim qildi. Shundan so‘ng, Puyol faxriy mehmon sifatida o‘yinni maydon markazidan ramziy tarzda boshlab berdi. 

Derbi «Paxtakor»ning 2:0 hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ayni vaqtda «Lokomotiv» 64 ochko bilan birinchi, «Nasaf» 59 ochko va «Paxtakor» 56 ochko jamg‘argan holda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda joylashgan. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng «Olmaliq» jamoasi 38 ochko bilan turnir jadvalining 9-o‘rniga joylashdi. 

Top