00:23 / 09.11.2017
13783

Xitoylik 25 ta iPhone X yordamida sevgan yoriga turmushga chiqish taklifini bildirdi

Foto: Conectica

Xitoyda bir yigit 25 ta iPhone X sotib olib, ular yordamida yurak shaklini yasab, sevgan yoriga turmushga chiqish taklifini bildirdi. Bu haqda Conectica xabar bermoqda. 

Nashrning ma'lum qilishicha, o‘yinlar dasturchisi bo‘lgan yigit 25 ta iPhone X’ga buyurtma berib, gadjyetlarni ularning Xitoyda sotuvga chiqarilishining ilk kuni – 3 noyabrda olgan.

Foto: Conectica

So‘ngra yigit belgilangan joyda yerga atirgul yaproqlarini sochib, ular ustida olgan telefonlaridan yurak shaklini yasagan hamda hosil bo‘lgan kompozitsiyaning o‘rtasini uzuk solingan quticha bilan bezagan. 

Yigit bu rejasini amalga oshirishda do‘stlarini ham jalb qilgan. Aynan ular hech narsadan xabari yo‘q qizni belgilangan joyga olib kelishgan.

Top