17:50 / 09.11.2017
12789

Qirg‘iziston Qozog‘istonning moliyaviy yordamidan rasman bosh tortdi

Qirg‘iziston parlamenti Qozog‘iston bilan YeOII (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi - tah.) doirasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi kelishuvni bekor qilishga doir qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Oktyabr oyida Qirg‘iziston parlamentiga Qozog‘iston tomonidan taqdim etilgan 100 mln. AQSh dollarilik moliyaviy yordamdan bosh tortish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kelib tushgani xabar qilingandi.

6 noyabr kuni esa Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi mojaro endi Jahon savdo tashkilotida ko‘rilishi ma'lum bo‘ldi.

 

Mavzu
Qirg‘iziston-Qozog‘iston munosabatlari

Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovi arafasida Almazbek Atambayev qo‘shni davlat siyosatlarini bir necha marta qoralab chiqdi. Bunga javoban Qozog‘iston hukumati chegarada qirg‘izistonliklarni to‘xtatib qola boshladi

Barchasi
Top