10:10 / 09.11.2017
6665

Nafratlanganlik uchun 20 yil qamoq jazosi – Venesuela yangi qonun qabul qildi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro tashabbusi bilan tashkil etilgan Milliy muassislik tashkiloti 8 noyabr kuni "Nafratga qarshi, tinchlikda birgalikda istiqomat qilish va bag‘rikenglik to‘g‘risidagi qonun"ni yakdillik bilan qabul qildi. U 20 yillik qamoq jazosini ko‘zda tutadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
 
"Venesuela nafratga qarshi tarixiy qonunni qabul qildi. U tinchlikni himoya qilishga qaratilgan", — deb yozgan Delsi Rodriges Twitter mikroblogida. 

Ushbu qonun nafrat qilganlik uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni ko‘zda tutadi. Bu "fashistik, milliy, irqiy, etnik, diniy, siyosiy, ijtimoiy, g‘oyaviy" va nafratning boshqa turlariga tegishlidir, deyiladi hujjatda. 

Qonun vaqtli nashriyotda e'lon qilinganidan kuchga kiradi. 

Mavzuga oid
Top