00:56 / 09.11.2017
4009

NATO kiberhududdagi operatsiyalarga javob beruvchi yangi markaz yaratilishini ma'lum qildi

Foto: Christian Hartmann/Reuters

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg kibertahdidlarga qarshi samarali kurashish maqsadida alyans qoshida kiberhududdagi operatsiyalarga javob beruvchi yangi markaz yaratilishini ma'lum qildi.

“Bugun NATO mudofaa vazirlari kiberhududdagi operatsiyalarga javob beruvchi yangi markaz yaratilishiga kelishib oldilar”, deb aytgan Stoltenberg.

Uning aytishicha, bu markaz kiberhududda himoyani kuchaytirishga va kiberxavfsizlikni NATOning rejalariga integratsiya qilishga yordam beradi.

“Biz kiberhududda quruqlik, havo va dengizdagidek samarali bo‘lishimiz kerak”, deb aytgan NATO rahbari.

Avvalroq Stoltenberg NATO mudofaa vazirlari ikkita yangi qo‘mondonlik yaratishga qaror qilishganini ma'lum qilgan. 

Mavzuga oid
Top