17:00 / 09.11.2017
11606

Nazarboyev Rossiyani «og‘ir sanksiyalar sharoitida» qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Foto: Kommersant'

Bugun Chelyabinsk shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston yetakchisi Nursulton Nazarboyevning o‘zaro uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan, unda ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama masalalarni muhokama qilishlari kutilmoqda.

Kecha, 8 noyabr kuni Kostanay viloyatiga qilgan amaliy tashrifi chog‘ida Nazarboyev xorijiy sarmoyadorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda uning davomida «hozirda, Rossiyaga qarshi og‘ir sanksiyalar sharoitida biz uni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak», deya ma'lum qildi.

Ikki prezident ham an'anaviy mintaqalararo forumda ishtirok etishi kutilmoqda. Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida hisob bo‘yicha 14-mintaqaviy hamkorlik Forumida, xabarlarga ko‘ra, ikki mamlakatning vazirliklari, mintaqalari rahbarlari va yirik tadbirkorlari qatnashadi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha qator hujjatlar, jumladan Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 25 yilligi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari qo‘shma bayonoti imzolanishi rejalashtirilgan. 

Top