12:10 / 09.11.2017
19813

Putin va Tramp uchrashuvi vaqti ma'lum qilindi

© RIA Novosti / Mixail Klimentev

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Tramp 10 noyabr kuni uchrashadi. Bu ma'lumot Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov tomonidan tasdiqlandi.

"O‘ninchi sana", — degan Ushakov jurnalistlarning shu haqdagi savoliga javoban.

U ayni vaqtda tomonlar uchrashuvda tayyorlanayotganini qo‘shimcha qilgan.

Bundan avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Putin Tramp bilan 10-11 noyabr kunlarida Vetnamda, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida uchrashishni rejalashtirgani haqida ma'lum qilgandi. 

Undan oldinroq esa AQSh prezidenti Osiyo turnesi davomida rossiyaliklar yetakchisi bilan uchrashishi muhimligi haqida gapirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Pxenyanga bosim o‘tkazishda yordam berishi mumkin. Bundan tashqari, ikki siyosatchi Suriya va Ukraina masalasini ham muhokama etishi kutilmoqda.

Top