19:30 / 09.11.2017
10975

Turkiya prezidenti Ilon Mask bilan uchrashdi

Foto: reddit.com

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an chorshanba kuni Tesla Inc rahbari Ilon Mask bilan uchrashdi. Reuters agentligi bergan ma'lumotga ko‘ra, turk firmalari Maskning Tesla va SpaceX kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi. 

Global SatShow'da ishtirok etish uchun Istanbulga tashrif buyurgan Ilon Mask Anqaradagi prezident qarorgohida mamlakat prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an va transport hamda sanoat vazirlari bilan uchrashgan.

Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Kalinning ma'lum qilishicha, Mask va Erdo‘g‘an Tesla hamda SpaceX kompaniyalari va turk firmalari o‘rtasidagi salohiyatli qo‘shma operatsiyalarni, shuningdek Turkiyaning 5A va 5B  sun'iy yo‘ldoshlarini uchirish masalalarini muhokama qilishgan. 

Manbaga ko‘ra, Turkiya 2020 yilga borib - Turksat 5A, 2021 yilda esa  5B sun'iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda. Oktyabr oyida turk sun'iy yo‘ldoshlarini qurish uchun Airbus'ga buyurtma berilgan. Kalinning so‘zlariga ko‘ra, Airbus bilan kelishuv payshanba kuni imzolanadi va uchrashuvda Mask ham ishtirok etadi. 

Bundan tashqari, Erdo‘g‘an va Mask elektromobillar masalasini ham muhokama qilishgan. 

Mavzuga oid
Top