07:14 / 10.11.2017
12320

Germaniyalik tibbiy xodim 106 bemorni o‘ldirishda gumon qilinmoqda

Foto: Nils Xegel / tueursenserie.org

Germaniyaning Quyi Saksoniya huquq-tartibot idoralari sobiq tibbiy xodim Nils Xegelni avval taxmin qilingandan 16 nafarga ko‘proq, ya'ni 106 odamni zaharlaganlikda gumon qilmoqdalar.

Bunday xulosalar joriy hafta boshida natijalari ma'lum bo‘lgan toksikologik ekspertiza asosida qilingan. Tergovchilar testlar yordamida yana 16 ta shubhali holatni aniqlashgan.

Tibbiy hamshir bo‘lib ishlagan Xegel 2 bemorni o‘ldirganlikda ayblanib, 2015 yilda umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan. Xegel keyinroq Delmenxorst va Oldenburg shifoxonalarida 90 ga yaqin bemorga o‘limga olib keluvchi dozada dori berganini tan olgan. Xegel sudda bemorlarga o‘limga olib keluvchi miqdordagi inʼeksiyani keyinroq ularni jonlantirib, hamkasblari ko‘z o‘ngida haloskordek ko‘rinish va shu bilan obro‘ qozonish maqsadida kiritganini aytgan. Jinoyatchining aytishicha, u bemorni yana hayotga qaytara olganda huzurlangan, buning uddasidan chiqa olmaganda esa umidsizlikka tushgan.

2015 yilda tergov Xegel tomondan amalga oshirilgan 2 ta qotillikni isbotlashga muvaffaq bo‘lgan. Bu uni umrbod qamoqqa jo‘natish uchun yetarlilik qilgan.

Agar Xegelning barcha qotilliklarni amalga oshirishdagi aybi isbotlansa, unda u tarixdagi eng ommaviy qotillardan biriga aylanadi.

Mavzuga oid
Top