11:50 / 10.11.2017
12319

Oq uy: Tramp Vetnamda Putin bilan uchrashmaydi

© AP Photo/Andrew Harnik

AQSh prezidenti Donald Tramp Vetnamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmaydi. Bu haqda amerikaliklar prezidenti matbuot kotibi Sara Sandersga asoslangan holda Bloomberg xabar tarqatdi.

Uning ma'lum qilishicha, bu uchrashuv Oq uy rahbarining tig‘iz grafigiga to‘g‘ri kelmaydi.

Bundan oldinroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ikki davlat rahbari uchrashuvi bo‘yicha kelishuv arafasida turilgani haqida ma'lum qilgandi. 

Shuningdek, Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Putin va Tramp o‘zaro uchrashuvda Suriya, Ukraina hamda Koreya yarimoroli masalasini muhokama qilishi haqida aytgandi.

Qayd etish kerakki, bu ikki davlat rahbarining birinchi uchrashuvi G20 davlatlari sammitida ro‘y bergandi. Ular shuningdek, bir necha marta telefon orqali muloqot qilishgan.

Top