18:40 / 10.11.2017
30648

Poroshenkoning oktabrdagi maoshi miqdori ma'lum bo‘ldi

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko joriy yilning oktabr oyida 28 ming grivna (1 ming dollar) ishlab topdi. Bu haqda «Ukrainskiye novosti» Ukraina prezidenti ma'muriyati materiallariga tayangan holda xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, jismoniy shaxslar daromadiga soliq va ish haqidan harbiy yig‘im miqdori 5,460 grivnani (206 dollar) tashkil qilgan.

Shuningdek ma'muriyatdan ta'kidlashlaricha, prezident maoshi xayriya maqsadlari uchun o‘tkazib berilmoqda.

Joriy yilning oktabr oyi oxirlarida eng boy ukrainaliklar ro‘yxati e'lon qilingandi. Poroshenko ro‘yxatning 5-o‘rnidan joy oldi.  

Mavzuga oid
Top