14:30 / 10.11.2017
10217

Temir seyfdan 3500 dollar o‘g‘irlandi

Foto: 123RF

Andijon shahar “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarning birida o‘g‘rilik sodir etildi. Noma'lum shaxs ochiq qolgan eshik orqali kirib, xonadon egasining yotoqxonasidagi temir seyfdan 3,5 ming AQSh dollarini o‘g‘irlab ketadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Andijon shahrida yashovchi, hech qayerda ishlamaydigan, 1978 yilda tug‘ilgan G‘.M. sodir etganligi aniqlandi va ushlandi. 

Hozirgi kunda G‘.M.ning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda.

Top