12:30 / 10.11.2017
10478

Vetnamdagi sammit: kun tartibida muhim masalalar

Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari Vetnamga yetib kelishmoqda. 10-11 noyabr kunlarida Danang shahrida OTIHning yubiley 25-sammiti o‘tkazilmoqda.

Sammit maydoniga dastlab AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Jinping yetib kelishdi.

Ko‘p o‘tmay Rossiya prezidenti Vladimir Putinning samolyoti ham Vetnamga qo‘ndi.

Sammit dasturida tashkilot a'zolarining iqtisodiy doiralari o‘rtasida uchrashuvlar, Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktori Kristin Lagard bilan dunyo iqtisodiyoti istiqbollari mavzusidagi suhbat o‘rin olgan.

Sammit yakunida davlatlar rahbarlari qo‘shma deklaratsiyani imzolashadi va istiqboldagi rejalarni belgilab olishadi.

Tashkilotning keyingi sammiti 2018 yil noyabrida Papua-Yangi Gvineyada bo‘lib o‘tadi.

Forum maydonidagi uchrashuvlar

Rossiya prezidenti 10 noyabr kuni Vetnam prezidenti Chay Day Kuang, Xitoy rahbari Si Jinping, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe hamda Filippin prezidenti Rodrigo Duterte bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Shuningdek, Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishi mumkin. Ammo tomonlar hozircha bu masala bo‘yicha kelishuvga erishmadi.

Mavzuga oid
Top