12:31 / 11.11.2017
7624

Yashnobod  tumanida talonchilik jinoyatini sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: KUN.UZ

Yashnobod tumanida Yashnobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda talonchilik jinoyatini sodir etgan shaxs qo‘lga olindi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
   
Yashnobod tumanida 8 noyabr kuni soat 01.00 da, «Aviasozlar» bozori oldida, 1995 yilda tug‘ilgan, 58-harbiy shaharcha ko‘chasi 18-uyda yashovchi G.O., 2003 yilda tug‘ilgan, 61-maktab o‘quvchisi, Aviasozlar 1-123-uyda  yashovchi B.O.ni hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan kuch ishlatib, yonidan 500.000 so‘mlik "LG" va 500.000 so‘mlik "Samsung" uyali telefon apparatlari hamda 2001 yilda tug‘ilgan, shu maktab o‘quvchisi, Aviasozlar ko‘chasi 121-230da yashovchi S.M.ni  yonidan 900.000 so‘mlik "G|motors" uyali telefoni, 60.000 so‘mlik ikki dona quloqchin va har birining 8.000 so‘mlik sim kartalarini tortib olib, voqea joyidan yashiringanligi aniqlanib, ushlandi. 

Daliliy ashyo uyali telefonlar olindi.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar G.O.ga nisbatan Yashnobod tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Top