16:00 / 11.11.2017
8779

Infiniti QX80 tashqi ko‘rinishiga tuzatish kiritdi

Yaponiyaning Infiniti kompaniyasi tashqi qiyofasi yangilangan QX80 yo‘ltanlamasini namoyish etdi. Model shu yilning bahorida Nyu York avtoshousida namoyish qilingan QX80 Monograph kontsept-kari uslubida ishlab chiqilgan. Seriyali avtomobil 14 noyabr kuni Dubayda ommaga namoyish qilinadi. 

Foto: Infiniti QX80

Restaylingdan so‘ng yo‘ltanlamasning asosiy old yoritqich chiroqlari o‘zgaradi. Ular avvalgidan balandroq joylashadi. Bundan tashqari orqa chiroqlar hamda yukxona shakli ham o‘zgaradi. Radiator qafasi, bamperlar dizayni ham o‘zgarmay qolmaydi. 

Albatta, salonda o‘zgarishlar kam uchraydi. 

Foto: Infiniti QX80

QX80 5.6 l 405 ot kuchiga ega «sakkizlik» motor bilan chiqariladi. Uni 7 bosqichli avtomatik transmissiyasi harakatga keltiradi. Mashina soatiga 100 km tezlikka 6,5 soniyada erishadi. Eng yuqori tezligi soatiga 210 kilometrni tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top