19:31 / 11.11.2017
13256

Qirg‘izistonning davlat qarzi 301 million dollarga ko‘paydi

Foto: knews.kg

Qirg‘izistonning davlat qarzi yil boshidan buyon 301 million AQSh dollari (+7,4 foiz)ga oshib, 4 milliard 367 million dollarga yetgan. Qirg‘iziston moliya vazirligi tomonidan tarqatilgan ma'lumotlarga asoslanib, «Akchabar» xabar bermoqda.

Bo‘lib hisoblanganda bu quyidagicha ko‘rinishga ega: tashqi qarz yil boshidan buyon 225,4 million dollar (6 foiz) ga oshib, 3 milliard 968 million dollarga yetgan, ichki qarz esa 76 millionga oshgan (+23 foiz) va 398 million dollarni tashkil etmoqda.

Qirg‘iziston eng ko‘p Xitoyning «Eksimbank»idan qarzdor — 1,63 milliard dollar (davlat qarzi umumiy summasining 37 foizi). Ikkinchi o‘rinda Butunjahon banki tuzilmalari (Rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasi va Xalqaro valyuta fondi) — 838 million dollar (ulush 19 foiz). Uchinchi o‘rinda Osiyo taraqqiyot banki — $601 mln. dollar (14 foiz).

Bu moliya tashkilotlaridan olingan qarzlar moliya vazirligi tasnifi bo‘yicha imtiyozli hisoblanadi. «Akchabar»ning hisoblashicha, agar tashqi qarz mamlakatning har bir mehnatga layoqatli fuqarosiga bo‘linsa, jon boshiga 1204 dollardan to‘g‘ri kelar ekan.

Mavzuga oid
Top