10:33 / 11.11.2017
10915

Muhtaramxon Aliyeva tosh ko‘tarish bo‘yicha 12-marta jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik mashhur sportchi Muhtaramxon Aliyeva 12-marta jahon chempioni bo‘ldi. Bu haqda Sports.uz xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, Afina shahrida tosh ko‘tarish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Bahodirlar o‘yinida 60 kg. vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Muhtaramxon Aliyeva jahon chempioniga aylangan. 

Foto: Sports.uz

«AQSh, Rossiya, Germaniya, Polsha, Fransiya, Italiya kabi jahonning 20 dan ortiq davlat polvonlari qatnashgan nufuzli musobaqada Muhtaramxon Aliyeva o‘zbek qizi nomini doston qildi», - deyiladi xabarda.

Top