08:40 / 13.11.2017
5606

Yakkasaroyda “Lasetti”ning oynasini sindirib, ichidan 300 dollarni o‘marishdi

2017 yilning 28 sentabr kuni taxminan soat 19:00 larda, noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yakkasaroy tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyning oldida, fuqaro U.N.ga tegishli bo‘lgan, qarovsiz qoldirilgan “Lasetti” rusumli avtomashina eshigi oynasini sindirish yo‘li bilan ochib, uning salonidan 250.000 so‘mlik mol-mulki, 300 AQSh dollari miqdoridagi pullari hamda muhim shaxsiy hujjatlarini egallab olgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi (muhim shaxsiy hujjatlarni egallash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan edi. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan A.J. sodir etganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

 

Mavzuga oid
Top