11:50 / 13.11.2017
12487

Erondagi fojia qurbonlari soni ortib bormoqda, 2 mingga yaqin kishi jarohatlangan

Eron va Iroq chegarasida sodir bo‘lgan 7,6 balli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 200 nafardan ortdi. Press TV xabariga ko‘ra, ayni vaqtga kelib, zilzila qurbonlari soni 207 nafar, 1700 nafardan ortiq kishi tabiiy ofat oqibatida jarohatlangan.

12 noyabr kuni kechki soat 09:18 da Eron va Iroq chegarasi hududida sodir bo‘lgan 7,6 balli zilzila Yaqin Sharqning deyarli barcha hududlarida sezildi.

Zilzila markazi Iroq poytaxti Bag‘doddan 204 km shimoli-sharqda, Eronning Kirmonshoh shahridan 104 km g‘arbda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.

Video: Iroqdagi zilzila

Yer silkinishi, Eronning Kurdiston, Ilom, Xuziston, Hamadon, G‘arbiy Ozarboyjon, Sharqiy Ozarboyjon, Luriston, Qazvin, Zanjon va Qum viloyatlarida ham ro‘y bergan. Bundan tashqari, Turkiya, Kuvayt, Armaniston, Iordaniya, Livan, Saudiya Arabistoni, Qatar va Bahrayn kabi mamlakatlarning ayrim hududlarida ham sezilgan.

Mavzuga oid
Top