13:40 / 13.11.2017
15042

Erondagi zilzila qurbonlari soni 300 nafardan oshdi

Eron va Iroq chegarasida sodir bo‘lgan 7,6 balli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 nafardan oshdi. Press TV telekanalining rasmiy manbaga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, ayni vaqtga kelib, zilzila qurbonlari soni 328 nafar, 2500 nafardan ortiq kishi tabiiy ofat oqibatida jarohatlangan.

12 noyabr kuni kechki soat 09:18 da Eron va Iroq chegarasi hududida sodir bo‘lgan 7,6 balli zilzila Yaqin Sharqning deyarli barcha hududlarida sezildi.

Zilzila markazi Iroq poytaxti Bag‘doddan 204 km shimoli-sharqda, Eronning Kirmonshoh shahridan 104 km g‘arbda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.

Tabiiy ofat oqibatida 70 mingga yaqin kishi boshpanasini yo‘qotgan.

Top