00:49 / 13.11.2017
4251

Formula-1: Fettel Braziliya Gran-prisida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Foto: Twitter/F1

Britaniyalik poygachi Luis Hemilton va “Mercedes” jamoasi Braziliya Gran-prisiga chempion maqomida kelgan bo‘lsalar-da, ba'zi masalalar ochiq qolayotgan edi. Jumladan, “Ferrari” a'zosi Sebastyan Fettel va “Mercedes” a'zosi Valtteri Bottas shaxsiy hisobda 2-o‘rin uchun bahsni davom ettirayotgandilar. Fettel San-Pauludagi poygaga Bottasga nisbatan 15 ochkolik ustunlik bilan kelgandi va 2-o‘rinni muddatdan avval qo‘lga kiritishi mumkin edi. Va shunday bo‘ldi ham.

Fettel 1 soat 31 daqiqa va 26 soniya vaqt bilan Braziliya Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi.

Marraga ikkinchi bo‘lib Bottas yetib keldi. 3-o‘rin esa “Ferrari”ning yana bir a'zosi Kimi Raykkonenga nasib qildi. Mavsum chempioni Hemilton esa 4-o‘rin bilan kifoyalanib qoldi.

Umumiy hisobda yetakchi uchlik quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. Hemilton (345 ochko); 2. Fettel (302); 3. Bottas (280). Shu tariqa bu mavsumdagi yetakchi uchlikning taqdiri deyarli hal bo‘ldi.

Umuman olganda poyga quyidagicha yakunlandi.

Foto: Twitter/F1

Poyganing joriy mavsumdagi so‘nggi bosqichi Abu-Dabida 24-26 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top