00:29 / 13.11.2017
10929

Iroq-Eron chegarasida kuchli zilzila yuz berdi

Foto: The Independent

12 noyabrda Iroq-Eron chegarasida 7,4 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqda Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologik markazi ma'lum qildi.

Zilzila markazi Eronning Sarpol-a-Zaxab shahridan 32 km shimolda, Iroqdagi Sulaymoniya shahridan 100 km janubda, Bag‘doddan esa 204 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan. 

TASS axborot agentligi muxbirining ma'lum qilishicha, zilzila kuchi Al-Kuvaytda hamda Abu-Dabida sezilgan.

Ayni vaqtda qurbonlar va vayronalar haqida hech qanday ma'lumot berilmagan.

Top