07:49 / 13.11.2017
6019

Los-Anjyelesda faxriy “Oskar”lar topshirilishi marosimi bo‘lib o‘tdi

Foto: Reuters/Mario Anzuoni

12 noyabrda Amerika kinosan'ati akademiyasi kinematografga qo‘shgan hissasi uchun faxriy “Oskarlar” egalari nomlarini ma'lum qildi. The Hollywood Reporter nashrining xabar berishicha, faxriy “Oskar”lar topshirilish marosimi Los-Anjyelesdagi ko‘ngilochar majmualardan birida yopiq tarzda o‘tgan.

“Oskar”lar kanadalik aktyor Donald Sazerlendga (“20-asr”, “Jonni qo‘liga qurol oldi”), amerikalik rejissyor Charlz Byornettga (“Blyuz”, “Oynavand qalqon”), kinooperator Ouen Royzmanga (“Teletarmoq”, “Tutsi”) hamda ssenariynavis Anes Vardaga ("Parijdagi so‘nggi tango", "Baxt") topshirildi.

Maxsus mukofot meksikalik rejissyor, “Byordmen” (2015) va “Omon qolgan” (2016) filmlari uchun ketma-ket ikki marta “Oskar”ni qo‘lga kiritgan Alexandro Gonsales Inyarrituga virtual reallik formatida suratga olgan “Tana va qum” filmi uchun berildi. Filmda Meksikadan AQShga noqonuniy o‘tuvchi muhojirlar haqida so‘zlangan.

 

Mavzuga oid
Top