"Real Madrid" hujumchisi Krishtianu Ronalduning qiz-do‘sti Jorjina Rodriges qiz farzand ko‘rdi.
32 yoshli futbolchi bu haqida o‘zining Instagram-sahifasi orqali ma'lum qildi.
Chaqaloqqa Alana Martina deb ism qo‘yishdi.
Ronalduning surrogat onadan dunyoga kelgan 3 nafar farzandi bor. Kichik Krishtianu 7 yoshda, egizaklar Yeva hamda Mateo 2017 yilning iyun oyida tug‘ilishgan.