10:45 / 13.11.2017
11156

Shahrixonning chekka qishlog‘ida bir vaqtning o‘zida 300 bemorga xizmat qiluvchi klinika ishga tushdi

Tuman markazidan o‘n besh kilometr uzoqlikda joylashgan qishloqda zamonaviy andozalarda, so‘ngi rusumdagi barcha tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan xususiy davolash va diagnostika  klinikasining ishga tushishi e'tiborga molik.

Bugun Andijon viloyat, Shahrixon tumanining “Qalachi” qishlog‘ida ana shunday maskanning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tibbiyot muassasasi qisqa muddatlarda qurib bitkazilgan bo‘lib, Sog‘liqni saqlash vazirligi talablari asosida tuman aholisini sog‘ligini tiklash, tibbiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

“Shifo Nur Invest” jamiyati tomonidan bunyod etilgan klinika bir vaqtning o‘zida 300 nafar bemorlarni davolash imkoniyatiga ega bo‘lib, ularga 100 nafar malakali shifokorlar xizmat qiladi. Muassasada statsionar va ambulator sharoitda yurak qon-tomir kasalliklari, jarrohlik, oftalmogiya, lor, endikrinologiya, ginekologiya ixtisoslari bo‘yicha diagnostika, maslahat va konservativ davolash, shuningdek, fizioterapiya, ultratovush hamda klinik laboratoriyalari mavjud.      

Tibbiyot muassasasining ochilish marosimida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi. Tantanali tadbir davomida hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 20 nafar oila farzandlariga sunnat to‘yi o‘tkazilib, ularning oilalariga televizor sovg‘a qilindi.  

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Muallif olgan suratlar

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

 

Top