12:35 / 13.11.2017
7407

Saudiya Yaman bilan yarashdimi?

Foto: Gulf Lifestyle

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya yaqin vaqt ichida Yamanning aeroportlari hamda dengiz portlarini ochadi, ular Yaman hududidan raketa uchirilganidan so‘ng yopib qo‘yilgandi. Bu haqda podshohlikning BMTdagi doimiy vakolatxonasidan ma'lum qilishdi.

«Bu jarayonda birinchi qadam 24 soat ichida qo‘yiladi hamda Yaman hukumati nazoratida bo‘lgan tumanlardagi barcha portlarning ochilishini o‘z ichiga qamrab oladi», - deya doimiy vakolatxona xabarini keltiradi Associated Press.

Aniqlik kiritilishicha, Aden, Moxa va Al-Mukalladagi portlar ochiladi.

Avvalroq BMT Yamanda 2015 yildan buyon qancha fuqaro halok bo‘lganini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top