12:05 / 13.11.2017
14983

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning Kirmonshoh va Ilom viloyatlarida kuchli zilzila natijasida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

12 noyabr kuni kechki soat 09:18 da Eron va Iroq chegarasi hududida sodir bo‘lgan 7,6 balli zilzila Yaqin Sharqning deyarli barcha hududlarida sezildi.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, zilzila qurbonlari soni 207 nafar, 1700 nafardan ortiq kishi tabiiy ofat oqibatida jarohatlangan.

Mavzuga oid
Top