Internetda Iroq sharqidagi Sulaymoniya shahrida zilzila vaqtida olingan video paydo bo‘ldi.
12 noyabr kuni kechki soat 09:18 da Eron va Iroq chegarasi hududida sodir bo‘lgan 7,6 balli zilzila Yaqin Sharqning deyarli barcha hududlarida sezildi.
Zilzila markazi Iroq poytaxti Bag‘doddan 204 km shimoli-sharqda, Eronning Kirmonshoh shahridan 104 km g‘arbda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, zilzila oqibatida Iroqda yuzlab kishilar jarohatlangan, 4 kishi halok bo‘lgan.
Eronda esa talofat miqdori tinmay oshib bormoqda. Oxirgi xabarlarga ko‘ra, qurbonlar soni 200 nafardan oshdi, 2000 nafarga yaqin kishi jarohatlandi, o‘n minglab kishi boshpanasiz qoldi.