00:39 / 13.11.2017
9276

JCh-2018. Shveytsariya qatorasiga 4-marotaba jahon chempionatiga chiqdi

Foto: Reuters

2018 yilgi jahon chempionati saralashi pley-offidagi Shveytsariya hamda Shimoliy Irlandiya o‘rtasidagi javob o‘yini o‘tkazildi. "Sankt-Yakob Park" stadionida kechgan o‘yinda hisob ochilmadi. 

Shvetsariya terma jamoasi ilk o‘yinda 1:0 hisobidagi g‘alaba evaziga qatorasiga 4-marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Shveytsariya – Shimoliy Irlandiya 0:0

Shveytsariya – Zommer, Sher, Rodriges, Lixtshtayner, Akandji, Zakariya, Djaka, Djyemaili (Mexmedi, 61), Shakiri (Froyler, 80), Tsuber, Seferovich (Embolo, 86).
Shimoliy Irlandiya –    Makgovern, Makoli, Evans, Xyuz, Brant, Norvud (Madjyennis, 75), Devis, Dallas, Sevill, Uord (Djons, 74), Uoshington (Makneyr, 82).
Ogohlantirishlar: Brant (7), Seferovich (72), Evans (78).

Birinchi uchrashuv – 1:0

Top