Lonely Planet nashri ekspertlari tomonidan tuzilgan, 2018 yil uchun eng sayohatbop shaharlar o'nligida Ispaniyaning Sevilya shahri yetakchilik qilmoqda, deb yozadi Korrespondent.net.

Birinchi o'ringa qo'yilgan Ispaniyaning Sevilya shahri kelgusi yil Yevropa kinoakademiyasi mukofotining taqdimot marosimini o'tkazayotganligi tufayli eng ommabop shahar bo'lishi kutilmoqda.

Sevilya sayohat uchun eng yaxshi shaharlar reytingini boshqarmoqda / Wikipedia

Ro'yxatning ikkinchi o'rnida Amerikaning Detroyt shahri, uchlikni esa Avstraliyaning Kanberra shahri bormoqda.

Ro'yxatga shuningdek Hamburg (Germaniya), Gaosyun (Tayvan), Antverpen (Belgiya), Matera (Italiya), San-Xuan (Puerto-Riko), shuningdek, Guanaxuato (Meksika) va Oslo (Norvegiya) qo'shilgan.

Nashr tomonidan sayohat uchun tavsiya etilgan 10 mamlakat ro'yxatida yetakchilik Chili davlatiga berilgan. Keyingi o'rinlardan Janubiy Koreya, Portugaliya, Jibuti, Yangi Zelandiya, Malta, Gurjiston, Mavrikiy, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasi joy olgan.