11:10 / 14.11.2017
10224

Mey Rossiya tajovuzkorligidan ogohlantirdi

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ma'lum qilishicha, Britaniya Yevropa himoyasiga sodiq. Shuningdek, u Rossiya tajovuzkorligi haqida ogohlantirdi. Mey britaniyalik tadbirkorlar oldida chiqish qilib, shu haqda aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si».

Meyning ta'kidlashicha, u Brexit doirasida erishishga harakat qilayotgan kelishuv Britaniyaning «iqtisodiyotlar hamda erkin jamiyatlar ochiqligiga, ularga tajovuz qilishi mumkin bo‘lganlar oldida qo‘shma sodiqligidir. Bu, birinchi navbatda, albatta, Rossiya».

U, shuningdek, Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi bilan bog‘liq vaziyatni tanqid qildi hamda Moskvani «saylovlarga aralashishda» aybladi.

Mavzuga oid
Top