10:20 / 14.11.2017
19136
Reklama

Opal Education’dan yangilik: Speaking Club’da dars o‘tish uchun AQShlik Deniyel Odendaal taklif qilindi

Foto: Opal Education

IELTS imtihonlarida eng qiyin bosqich — bu Speaking ekanligi sir emas. Chunki biz inglizchada o‘z ona tilimizda gaplashgandek suhbat qura olmaymiz. Bunday gaplasha olish uchun esa nativ spiker (native speaker — haqiqiy inglizchada suhbatlashadigan kishi) bilan ko‘proq muomala qilish zarur.

Xuddi shunday imkoniyat Toshkent shahridagi Opal Education o‘quv markazi tomonidan berilmoqda. Markazning Speaking Club’iga AQShning Kaliforniya shtatidan Deniyel Odendaal sof ingliz tilida suhbatlashish va o‘quvchilarning nutqini ravon qilish uchun taklif etildi.

Uning darslarida ishtirok etish nafaqat IELTS o‘rganuvchilar uchun, balki tez-tez chet el biznes safarida bo‘ladiganlar, chet el bilan ishlaydiganlar yoki faqatgina ingliz tilida suhbatlashishni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun ham juda foydali bo‘ladi.

Agar siz ham ingliz tilidagi bilimlaringizni mustahkamlash uchun ishonchli o‘quv markazi qidirayotgan bo‘lsangiz, u holda Opal Education o‘quv-markaziga murojaat qiling:

  • Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani;
  • Mo‘ljal: «Chilonzor» metro bekati va «Kasbino» supermarketi;
  • Telefon: +998-95 198-86-66 (Telefon qabuli har kun 9:00dan 20:00gacha).

_________________

Foto: Opal Education

 

  • Opal Education’ning o‘tgan yilgi natijalari

2016—2017 o‘quv yilidagi natijalarga ko‘ra, o‘quv markazimizda tayyorlanganlarning 95 foizi talabalik baxtiga sazovor bo‘ldi. Kam bo‘lsa-da, o‘qishga kira olmaganlar Toshkentdagi xalqaro universitetlarning qo‘shimcha o‘quv o‘rinlarida talabalikka qabul qilinishdi.

  • IELTS bo‘yicha darslar tartibi

Bizda ingliz tili bo‘yicha malakali o‘qituvchilar sizning kun tartibingizga mos ravishda – haftada 5 kun (dushanbadan jumaga qadar) yoki haftasiga uch kunlik dars jadvalini taklif qiladilar.

Markazimizdagi o‘qituvchilar yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tajriba orttirgan bo‘lishlari bilan bir qatorda, sizga dars berishdan oldin markazimizning maxsus treninglarda ham qatnashganlar.

  • Ingliz tilida matematika va xalqaro ta’limga tayyorgarlik

Opal Education’da ingliz tilini o‘rganish bilan milliy va xalqaro oliy ta’lim muassasalari, xususan, hozirgi kunda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Vestminster universiteti, Turin politexnika universiteti, Inha universitetining kirish imtihonlari uchun ham zarur darajada tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

Matematika darslarining ingliz tilida olib borilishi — o‘quvchilarga shunday qo‘shimcha imkoniyatlardan biri.

Foto: Opal Education

 

  • IELTS’dan yuqori ball kafolatlanadi

Biz IELTS imtihonlarida yuqori ball olishingizni kafolatlaymiz: Markazimizda olti oy o‘qib, IELTS’dan 8 ball olgan o‘quvchilar bo‘lganini hisobga olsak, uch oylik ta’lim davomida o‘quvchilarimiz IELTS’dan odatda 7-7,5 ball, kamida esa 6 ball to‘play olishadi.

Bunga sabab o‘quv markazimizning maxsus dars o‘tish usulida: Boshlovchilar ingliz tili o‘qishni bitta o‘qituvchining qo‘lida boshlaydi. Pre-IELTS’dan esa boshqa malakali o‘qituvchilar o‘qitadi va hamma IELTS o‘quvchilar yakunda yetakchi mutaxassisimiz tayyorgarligidan o‘tadi.

Shu bilan birga, har 2 oyda Mock-Exam qilinadi. Agar har bir Mock-Exam’da o‘quvchining bali kamida 0,5 ballga oshmasa, u o‘qishdan chetlatiladi. Bunga, albatta, o‘quvchining yalqovligi sabab bo‘ladi va bu hol juda kam kuzatiladi.

  • Speaking Club

Til o‘rganishga faqat kitob o‘qish bilan erishish mumkin, deyish bugungi kunda to‘g‘ri emas. Chunki, vazifani soddalashtiradigan va tezroq foyda beradigan zamonaviy texnologiyalar allaqachon mavjud.

Buni yaxshi anglaganimiz uchun o‘quvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, har shanba kuni ingliz tilida so‘zlashish — Speaking Club faoliyatini yo‘lga qo‘yganmiz. Chet tilida filmlar tomosha qilib, uni o‘zaro muhokama qilamiz. Faqat o‘quv qo‘llanmalari bilan cheklanib qolishni istamagan yoshlar markazning boy kutubxonasidan, o‘z bilim darajalariga mos ingliz tilidagi badiiy adabiyotdan ham foydalanishlari mumkin.

Endilikda esa, yuqorida ta’kidlanganidek Speaking Club darslarida, ingliz tilida ravon so‘zlasha olish uchun AQShlik Deniyel Odendaal ham bizga yordam beradi.

Foto: Opal Education
  • Taqdirlashlar

Mehnat rag‘bat keltirar deganlaridek, a’lochi o‘quvchilar Opal Education o‘quv markazida bepul bilim olishlari ham mumkin. Ya’ni har oy oxirida olinadigan imtihonlarda 95 foizdan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlanib, keyingi o‘quv oyi to‘lovi uchun 100 foizlik chegirmani qo‘lga kiritadi. Bunday chegirmani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan o‘quvchilar ro‘yxati bilan Opal Education’dagi «A’lochilar burchagi»da tanishishingiz mumkin.

  • Kichik yoshlilar uchun guruhlar

Bundan tashqari, kichik yoshdagi o‘quvchilarni ham chorlab qolamiz. 6-13 yoshli kichkintoylar uchun mo‘ljallangan darslarimiz asosan turli o‘yinlar shaklida olib borilishi ularning mashg‘ulotlardan zerikib qolmasliklari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, katta aka-opalariga havas qilib ham o‘qishga qiziqishlari oshishini tajribamizda kuzatib kelmoqdamiz.

Muhimi — mashg‘ulotlarni Buyuk Britaniyada 5 yil davomida tahsil olib qaytgan markaz rahbari Jamil Jumanov shaxsan o‘zi nazorat qilib boradi. O‘zingiz va farzandingiz uchun munosib o‘quv markazini izlayotgan bo‘lsangiz, hech ikkilanmay Opal Education’ga murojaat qiling:

Ma’lumot uchun:

  • Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani;
  • Mo‘ljal: «Chilonzor» metro bekati va «Kasbino» supermarketi;
  • Telefon: +998-95 198-86-66 (Telefon qabuli har kun 9:00dan 20:00gacha).
Foto: Opal Education

Reklama huquqi asosida

Top