11:50 / 14.11.2017
13575

Puchdemon fikrini o‘zgartirdi

Foto: El Pais

Kataloniya sobiq rahbari Karles Puchdemon mintaqadagi inqirozni hal qilishning turli yo‘llari, jumladan, viloyat Ispaniya tarkibida qolishi bo‘yicha variantni ham ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda u Germaniyaning Die Welt gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, inqirozni agarda Madrid vaziyatni keskinlashtirmay, Kataloniyani muxtoriyat maqomidan mahrum qilmaganida, radikal choralarsiz ham hal qilish mumkin edi.

"Men Ispaniya bilan munosabatlarning boshqa turini tan olishga tayyorman va shunday bo‘lib qolaman", - deya aytib o‘tdi siyosatchi.

Shu bilan birga, Puchdemonning kutilmaganda ma'lum qilishicha, shaxsan u har doim Ispaniya bilan birdamlik tarafdori bo‘lib kelgan.

"Men har doim birdamlik tarafdori bo‘lib kelganman. Biroq hammasining sababi muxtoriyat maqomining bekor qilinishida, u 2010 yilda Ispaniya va Kataloniya parlamentlari tomonidan muvofiqlashtirilgan edi", - deya ma'lum qildi u.

Puchdemon Kataloniyada 21 dekabrga belgilangan saylovlarda ishtirok etishiga oid savolga javob qaytarmagan.

"Men bizda kuchli koalitsiya bo‘lsa hamda konstitutsiyaning 155-moddasining qo‘llanilishini to‘sib qo‘yish, shuningdek, Ispaniya davlati tomonidan yetkazilgan zarar miqdorini o‘lchash maqsadida nomzod bo‘lishim mumkin", - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top