15:10 / 14.11.2017
37688

Yurak qon-tomir kasalliklari xavfini qanday kamaytirish mumkin?

Foto: gastronom.ru

Haftasiga ikki siqim yong‘oq iste'mol qilib turilsa, yurak qon-tomir kasalliklariga chalinish xavfi chorak foizga kamayar ekan. Bu haqda Harvard universiteti olimlariga tayangan holda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

200 ming kishi o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot yong‘oqlarning barcha turlari o‘limning bosh sababi oldini olishda asqotishini ko‘rsatib berdi.

Bodom, funduq, pista yoki pekan yong‘og‘ini haftasiga ikki va undan ko‘p marta iste'mol qiladiganlar yurak qon-tomir kasalliklariga chalinishga mos ravishda 23 va 15 foizga kamroq moyil bo‘lishar ekan.

Yeryong‘oq ham yurak qon-tomir kasalliklarining paydo bo‘lish xavfini 15 foizgacha kamaytirishi aniqlangan.

Haftasiga bir siqim oddiy yong‘oq iste'mol qilgan insonlarda ham xavfli kasalliklar paydo bo‘lish ehtimoli 21 foizgacha kamayishi aniqlangan.

Avval ham tarkibidagi antioksidant, oqsil, oziq moddalar, minerallar va oziq tolalar tufayli yong‘oqlarning foydali xususiyatlari aniqlangan edi. Yurak qon-tomir kasalliklaridan tashqari, yong‘oqlar saraton, qandli diabet, nafas yo‘llari kasalliklari va meminatsiya kabi dardlarning ham oldini olishi isbotlangan.

«Bizning tadqiqotimiz turli surunkali kasalliklarning oldini olish uchun ratsionga yong‘oqning turli ko‘rinishlarini joriy etish haqidagi tavsiyalarni tasdiqladi», — dedi tadqiqotning yetakchi muallifi, parhezshunos Marta Guash-Ferre.

Top