11:40 / 14.11.2017
45210

O‘zbekistonda yana bir OTM tashkil etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzurida ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasasini tashkil etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 13 noyabr kuni geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish, mineral-xomashyo va qimmatbaho metallar resurs bazasi hamda ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha muhim strategik loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda kadrlar tayyorlash masalasiga ham alohida e'tibor qaratildi. Sohani zamonaviy mutaxassislar bilan ta'minlash uchun Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzurida ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasasi tashkil etish, unda ilmiy izlanishlarga katta ahamiyat qaratish, ishlab chiqarish korxonalari va ta'lim tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligi ta'kidlandi. 

Shuningdek, geologiya-qidiruv ishlarini ilg‘or texnologiyalar asosida tashkil etish, ishga solinmagan imkoniyatlardan foydalanish, sohaning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini yanada oshirish masalalari tahlil qilindi. Vazirlik, qo‘mita va kombinatlar oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab berildi. 

Top