12:40 / 14.11.2017
15293

Video: Koreya sohillarida Amerikaning 3 ta aviatashuvchisi paydo bo‘ldi

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining 3 ta aviatashuvchi kemasi qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish maqsadida Janubiy Koreya hududiy suvlariga kirdi. Qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar aks etgan videolavha Amerika HDKning YouTube sahifasiga joylashtirildi.

Yonxap agentligiga ko‘ra, rasmiy Seul ilk marotaba Amerikaning 3 ta aviatashuvchisi bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. "Ronald Reygan", "Nimits" va "Teodor Ruzvelt" nomli harbiy kemalarni 10 dan ortiq, shu jumladan Sejong the Great va the Seoae Yu Seong-ryong esminetsi ham kuzatib bormoqda. 

Agentlikning xabar qilishicha, bir vaqtning o‘zida uchta aviatashuvchi jangovar kemalar mashg‘ulot o‘tkazish noyob voqelikdir. So‘nggi bora bu kabi mashg‘ulotlar 10 yil muqaddam Tinch okeanining Guam orollari yaqinida o‘tkazilgan edi. 

Top