12:20 / 14.11.2017
7849

Janubiy Koreya sobiq prezidentining dugonasiga 3 yillik qamoq jazosi tayinlandi

Foto: AP

Koreya respublikasi apellyatsiya sudi birinchi instansiya sudining Chxve Sun Silga chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi. Mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xening yaqin dugonasi Chxve Sun Sil qizining Seul universitetiga noqonuniy kirganiga doir ish bo‘yicha 3 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. Bu haqda Seul oliy sudi xabarida so‘z yuritilgan, deb yozadi TASS. 

Sud Chxve Sun Sil "Ixva" universiteti rahbariyatiga bosim o‘tkazganini isbotlangan deb hisobladi. Sun Silning qizi bu OTMga deyarli imtihonsiz qabul qilingan va tahsil jarayonida turli ko‘maklar olib kelgan. 

Shu bilan bir vaqtda universitetning sobiq prezidenti Kim Gyok Suk va yana ikki nafar o‘qituvchilarga nisbatan jazo choralarini ham o‘z kuchida qoldirdi. Ular bir yarim yildan 2 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. OTMning yana 2 nafar xodimi shartli jazo va jarima bilan cheklanishdi. 

Chxve Sun Sil 2016 yil kuzida mojaro markazida bo‘lib qolgan, keyinchalik bu prezident Pak Kin Xening hokimiyatdan chetlashtirilishiga sabab bo‘lgandi. 

Mavzuga oid
Top