09:10 / 15.11.2017
18389

14 yoshli qiz teraktga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanib qo‘lga olindi

Foto: Frank Augstein/AP

London shahrining janubiy qismida politsiya 14 yoshli qizni qo‘lga oldi. U terrorizmga sherik bo‘lishda gumonlanmoqda, deb xabar qilmoqda The Guardian.

Skotlend-Yard matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, qiz teraktga tayyorgarlik ko‘rishga ko‘mak ko‘rsatishda gumonlanmoqda.

Ayni damda u politsiya bo‘linmasidagi qamoqda saqlanayotgani aytilmoqda.

Top