17:00 / 15.11.2017
21847

Afg‘onistonda ko‘knor maydonlari hajmi rekord darajaga yetdi

Foto: AP

Afg‘onistonda ko‘knor ekilgan dalalar soni rekord hajmga yetdi – 328 ming gektar. Bu raqam bir yilda 63 foizga oshdi, deyiladi BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha Boshqarmasining yillik hisobotida.

"Ko‘knor ekishning bu darajasi doimiy monitoring boshlanganidan beri (1994 yil) yangi rekord sanaladi hamda 2014 yildagi avvalgi rekorddan 46 foizga yoki 104 ming gektarga ko‘proq", - deyiladi hujjatda.

Tadqiqotga ko‘ra, mamlakatda ko‘knor ishlab chiqaruvchilar o‘tgan yili nafaqat mintaqalardagi o‘z faoliyatlarini kengaytirishdi, balki uchta yangi mintaqani ham “egallab olishdi”: Samangan, G‘azni va Nuriston. Shu tariqa, ko‘knor mamlakatning shimoliy hududlarini ham tobora o‘z domiga tortmoqda. Natijada mamlakatning atigi 10 mintaqasi ko‘knordan holi bo‘lib qoldi, 24 viloyatda esa bu faoliyat keng ko‘lamda olib borilmoqda, deyiladi hujjatda.

Ko‘knor Afg‘onistonning eng janubiy viloyati – Hilmondda eng ko‘p ishlab chiqariladi, deyiladi hisobotda. Xususan, u yerda ko‘knor maydonlari 144 ming gektarga teng, undan keyin esa Qandahor 28 ming gektar bilan bormoqda. 

Top