12:20 / 15.11.2017
9192

Argentinaning o‘yinini ko‘rgani kelgan fanatlar YTH natijasida vafot etdi

«Gazel» rusumidagi yo‘lovchi tashuvchi avtomobilda bo‘lgan bir guruh futbol fanatlari Rostov viloyatida jiddiy avtohalokatga yo‘liqqan. Bu haqda rus matbuoti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi natijasida besh nafar futbol fanati vafot etgan. Ular Krasnodarda bo‘lib o‘tgan Argentina va Nigeriya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini (2:4) ko‘rib yana Rostovga qaytayotgan bo‘lgan.

«Gazel» KamAZ rusumidagi yuk mashinasiga borib urilgani aytilmoqda. Halok bo‘lganlardan tashqari yana olti nafar yo‘lovchi jarohati sabab shifoxonaga yotqizilgan.

Top