KUN.UZ sayti yangi loyihaga qo'l urgani haqida xabar bergan edik. Bundan buyon kunning eng muhim voqealari tafsilotlari videodayjest ko'rinishida muxlislar e`tiboriga havola qilib boriladi. Videodayjestning navbatdagisida 14 noyabr kuni ro'y bergan voqea va yangiliklarga to'xtalib o'tilgan:

  • Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasining bugungi holatini tanqidiy tahlil qildi va sohasiga chet el investitsiyalarini faol jalb etishga doir ko'rsatmalar berdi
  • Bosh vazir Abdulla Aripov Germaniyaga tashrif buyuradi va Yevropadagi 200ta kompaniya vakillari oldida nutq so'zlaydi
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida» qarori Prezident rasmiy saytida e`lon qilindi.
  • Rus va turk prezidentlarining Sochidagi uchrashuvi: ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlar 100 mlrd. dollarga yetkaziladi
  • Qirg'izistonda O'murbek Babanov «Respublika — Ata Jurt» fraksiyasi rahbarligini tark etdi
  • Endi O'zbekistondagi bo'sh ish o'rinlari haqida ma`lumotlar maxsus veb-saytda aniq yuritiladi
  • O'zbekiston bo'ylab benzin narxi oshadimi degan savol barchani qiynab kelayotgan edi. Viloyatlarida benzin inqirozi ro'y berayotgan edi. Nihoyat benzin narxi deyarli 35-40 foizga oshishi e`lon qilindi.

14 noyabrda ro'y bergan yangilik, voqea va hodisalarning kundalik dayjestidan farqli o'laroq, videodayjestni Kun.uzning Youtube kanalidan quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: