Amerikalik biokimyogarlar ortiqcha vaznga moyillik hujayralardagi oqsillarning o'ziga xos mutatsiyalari bilan bog'liq bo'lishi mumkinligini aniqlashdi. Tadqiqot haqida Dyuk universiteti saytida ma`lum qilindi.  

Laboratoriya sichqonlari ishtirokidagi tajribalar davomida olimlar ankirin-B gen varianti tashuvchilaridan biri qolganlarga nisbatan ancha tez vazn to'plagani ma`lum bo'ldi. Mutaxassislarning so'zlariga ko'ra, bu gen Glut4 oqsili faoliyatini nazorat qiladi, u esa, o'z o'rnida, ham kemiruvchilarda, ham insonlarda glyukozaning yog' hujayralari tomonidan o'zlashtirilishi intensivligini belgilaydi. 

"O'ylashimizcha, ochlik yillarida aynan shu gen ota-bobolarimizga energiyani saqlab qolishga yordam bergan. Biroq hozir, yegulik borasida yetishmovchilik yo'q bir paytda bu ankirin mutatsiyasi semizlikni epidemiyaga aylantirishi mumkin", - dedi biokimyo professori Jord Geller.

Olimlarning ta`kidlashicha, ularning ixtirosi semizlikning birinchi navbatda noto'g'ri parhez va kaloriyali ovqatni ko'p iste`mol qilish natijasida kelib chiqishiga doir fikrni inkor etadi. Mutaxassislar yaqin orada laboratoriya ishi doirasidan chiqib, ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan amerikaliklar orasida tadqiqot o'tkazishni rejalashtirishmoqda.