18:50 / 15.11.2017
4444

Singapur metrosida poyezdlar to‘qnashishi oqibatida odamlar jabrlandi

Foto: JONATHAN CHEW

15 noyabrda Singapur metrosida ikki poyezdning to‘qnashib ketishi oqibatida 26 yo‘lovchi va metroning ikki xodimi o‘rta va yengil jarohatlar olishdi.

Voqea ertalab Joo Koon stansiyasida yuz bergan, deb xabar bermoqda Straits Times nashri. Poyezdda nosozlik aniqlangandan keyin u to‘xtatilgan va undan yo‘lovchilar tushirilgan.

Foto: JONATHAN CHEW

Bir daqiqadan keyin nosoz poyezddan bir necha metr narida tunnelda uning ortidan kelayotgan poyezd to‘xtagan. Ikkinchi poyezdda 500 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Biroq bir necha soniyadan keyin bu poyezd noma'lum sabablarga ko‘ra yurib ketib, oldida turgan poyezdga urilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avariyaga poyezdlar orasidagi masofani nazorat qilish avtomatik tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Voqea oqibatida hech kim jiddiy jabrlanmagan. Mahalliy mutasaddilar voqeani taftish qilishni boshlashgan. 

Mavzuga oid
Top