13:20 / 15.11.2017
27072

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi 26 milliard dollarga teng - Markaziy bank

O‘zbekiston valyuta zaxirasi miqdori 26 milliard dollarni tashkil qiladi. Bu ma'lumot Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Temur Ishmetov tomonidan bugun, 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klubda aytildi.

Shu bilan birga valyuta zaxirasi tarkibi ochiqlanmagan.

Shu yilning iyulida ham O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi haqida ma'lumot berilgan, o‘shanda Moliya vaziri o‘rinbosari Mubin Mirzayev raqamlarni aniq ayta olmasligi, lekin 20 milliard dollardan ortiq zaxira shakllantirilganini aytgandi.

Top