2018 yilgi jahon chempionati yo'llanmasi uchun kechgan Irlandiya hamda Daniya terma jamoalari o'rtasidagi pley-off bahsining javob o'yini o'tkazildi. Uchrashuv birinchi o'yindan (0:0) farqli ravishda gollarga boy bo'ldi – 1:5. 

6-daqiqada Daffi mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 29-daqiqada Kristining avtogoli oradagi farqni yo'qqa chiqardi. 32-, 63- va 73- daqiqalarda Eriksen xettrik qayd etib, jamoasining g'alaba goliga mualliflik qildi. O'yindagi so'nggi gol Bendtner tomonidan penaltini aniq amalga oshirish orqali kiritildi. 

Shu tariqa Daniya terma jamoasi ikki o'yin natijasiga ko'ra jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

Irlandiya – Daniya 1:5 (1:2, 0:3)
Gollar: 1:0 – 6 Daffi, 1:1 – 29, avtogol Kristi, 1:2 – 32 Eriksen, 1:3 – 63 Eriksen, 1:4 – 73 Eriksen, 1:5 – 90, penalti Bendtner.
Irlandiya – Rendolf, Klark (Long, 71), Daffi, Uord, Kristi, Meyler (Xulaxan, 46), Makkleyn, Breydi, Xendrik, Arter (Makgidi, 46), Merfi.
Daniya – Shmeyxel, Ker, Belland, Kristensen, Larsen (Ankersen, 54), Dileyni, Kvist, Eriksen, Sisto, Poulsen (Kornelius, 70), Yorgensen (Bendtner, 84).

Birinchi uchrashuv – 0:0