08:25 / 16.11.2017
26633

14 yoshli qiz onasi ijtimoiy tarmoqqa kirishga ruxsat bermagani tufayli o‘zini o‘ldirdi

Foto: Shutterstock

Ukraina poytaxti Kiyev shahrining Desnyan tumanida 14 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi. Bu uning onasi ijtimoiy tarmoqqa kirishga ruxsat bermaganidan so‘ng yuz bergan, deb xabar qilmoqda «112 Ukraina» nashri.

Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, ona qizidan planshetni olib qo‘yib, unga ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlagan.

Shundan so‘ng ayol itini aylantirib kelish uchun ko‘chaga chiqib ketgan. Bu vaqt ichida esa qiz o‘z joniga qasd qildi.

Ayni damda voqea joyida Kiyev politsiyasining tergov-tezkor guruhi ish olib borayotgani aytiladi.

Top