16:10 / 16.11.2017
7900

5 mln. so‘m pulni o‘g‘irlagan o‘spirin qo‘lga olindi

Foto: Kun.uz

Qibray tumani IIBga  uy bekasi, 1978 yilda tug‘ilgan Noila Tursunova (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 11 oktabr kuni noma'lum shaxs, uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, erkin yo‘li bilan kirib, uyi yotoqxonasidan narxi taxminan 5.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan.

Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni Qibray tumanida yashovchi, voyaga yetmagan, 2003 yilda tug‘ilgan Sherali Zaripov sodir etganligi aniqladi. Tergovni IIB olib bormoqda.
 
 

Top