10:00 / 16.11.2017
18086

«Eh, u qanday jyentlmen, a!». De Rossi o‘yindan keyin shvedlar avtobusiga chiqqan

Italiya terma jamoasi futbolchisi Daniele de Rossi JCh-2018 saralashi pley-off o‘yinlari doirasida Shvetsiyaga qarshi kechgan o‘yindan keyin mehmon jamoa avtobusiga chiqqan.

34 yoshli xavbek o‘yin avvalida italiyalik muxlislar Shvetsiya madhiyasi yangrayotgan vaqtda hushtakbozlik qilgani uchun shvetsiyalik futbolchilardan uzr so‘ragan.

Bu ma'lumotni Shvetsiya terma jamoasi futbolchilari Pontus Yansson va bosh murabbiy Yanne Andersson tasdiqladi.

«U biz bilan gaplashdi, biz yaxshi o‘ynaganimizni aytdi va ba'zi futbolchilar Stokholmda o‘zini yomon tutgani, shuningdek, javob o‘yinida italiyaliklar bizning madhiyamiz vaqtida hushtakbozlik qilishgani uchun uzr so‘radi. Shunda avtobusdagi muhit go‘zallashib ketdi: «Qoyil, nimalar bo‘lyapti?». Bu biz uchun juda yoqimli lahzalar edi. Eh, u qanday jyentelmen, a!» — dedi Pontus Yansson.

Italiya ushbu o‘yindan keyin 60 yil ichida ilk bor jahon chempionatidan qolib ketdi va hali 34 yoshda bo‘lgan De Rossi Janluijji Buffon, Andrea Bardzali va Jorjo Kellini qatorida Italiya termasidagi faoliyatini yakunladi.

Video: De Rossi o‘zi emas, hujumchi maydonga tashlanishini talab qildi

De Rossi jamoadoshiga tashxis qo‘yilishini kutib, uning oilasi bilan tun bo‘yi shifoxonada qoldi 

Mavzuga oid
Top